18:40 / 03.06.2019
45730

Toshkentda kuchli yomg‘ir: Ikkita samolyot o‘z yo‘nalishini Samarqandga o‘zgartirdi

Foto: AviaSpotter

Toshkent shahrida kuzatilayotgan kuchli yog‘ingarchilik tufayli poytaxtga parvoz qilayotgan ikkita samolyot Samarqandga yo‘l oldi. Bu haqda AviaSpotter telegram kanali xabar bermoqda.

Xususan, Nur-Sultondan Toshkentga uchib kelayotgan, UZBEKISTAN airways’ning Airbus A320-214 samolyoti noqulay ob-havo tufayli Samarqanddagi aerodromga o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi.

Bundan tashqari, UZBEKISTAN airways’ning Moskva - Toshkent reysidagi Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti ham poytaxtdagi noqulay ob-havo va kuchli yog‘ingarchilik tufayli Samarqandga yo‘l oldi.

Undan avval UZBEKISTAN airways’ning Dubay - Toshkent yo‘nalishidagi Airbus A320 neo samolyoti ob-havo sharoitlari tufayli poytaxt aeroportiga birinchi urinishda qo‘na olmagandi.

Top