13:10 / 04.06.2019
10472

O‘zbekistonda chetga ishga ketmoqchi bo‘lgan qancha fuqaroga chipta xarid qilishda yordam berildi?

Foto: RIA Novosti / Pavel Lisitsyn

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Qudbiyev ishtirokida “O‘zbekistonda mehnat sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar va natijalar” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, anjumanda O‘zbekiston mehnat bozorini isloh etish bo‘yicha so‘nggi ikki yil ichida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida axborot berilmoqda.

“Bir yil davomida chet elga ishga ketmoqchi bo‘lgan 150 ming kishiga chiptalarni xarid qilishda imtiyozlar va yordam berildi. Buning natijasida temir yo‘l yoki aviachiptalar qiymati 50 foizgacha arzonlashdi. Bu ishda O‘zbekiston tijorat banklari ham faol ishtirok etmoqda”, - dedi vazir Sherzod Qudbiyev.

Bundan oldin, vazir O‘zbekistonda bandlikning tarkibiy holati yaxshi emasligi, 13,5 mln mehnat qilayotgan fuqarodan atigi 40 foizi rasman ishlashi haqida ma'lum qilgandi.

Top