16:00 / 04.06.2019
3283

Sog‘liqni saqlash vazirligi Dubay amirligi hukumati bilan 1 mln dollarlik kelishuvga erishdi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va do‘stona aloqalar tobora mustahkamlanib bormoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 24 mart kuni Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi ko‘p qirrali ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion, bank-moliya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Tibbiyot sohasida ham o‘zaro aloqalar izchillik bilan rivojlanmoqda. Jumladan, Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va Dubay Amirligi hukumatining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sulton Xalifa Sulton Belobayda Alsuaidi tomonidan mamlakatimizning tibbyot muassasalarini texnik qo‘llab-quvvatlash doirasida 1 million AQSh dollariga teng texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘zaro kelishuv Memorandumi imzolandi. 

«Ushbu kelishuv yurtimizda tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish va aholini zamonaviy yuqori texnologik tibbiy yordamga bo‘lgan ehtiyojini qondirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Top