17:59 / 06.06.2019
13080

AQSh gipertovush elektrozambarakni sinovdan o‘tkazdi

Foto: U.S. Navy

Amerika harbiy-dengiz kuchlari gipertovush relsotronni sinovdan o‘tkazdi, deb xabar berdi Space.com.

Nashrning yozishicha, sinov vaqtida elektromagnit zambarak otgan snaryad tovush tezligidan olti marta yuqori - soatiga 7400 kilometr tezlikda uchgan. Sinov shimoliy-g‘arbiy harbiy poligonda o‘tkazilgan.

Qayd etilishicha, yangi qurol tez orada kemalarda sinab ko‘riladi. Shu bilan birga, Vashington undan Oyni o‘zlashtirishda foydalanishni ko‘zda tutmoqda.

Avvalroq Pentagon kelasi moliya yilida gipertovush texnologiyalarini ishlab chiqish uchun kongressdan ikki yarim milliard dollar so‘rashni rejalashtirayotgani xabar qilingandi. 

Top