18:02 / 07.06.2019
26371

Poytaxt hokimligi Britaniya kompaniyasining «Yangi Toshkent» loyihasiga izoh berdi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Britaniya me'morchilik kompaniyasi Benoy o‘zining veb sahifasida Toshkent shahri bosh rejasining loyihasini e'lon qilgandi

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, bu haqida ko‘pchilik bir zumda o‘z fikrini bildirishga ulgurdi va hatto uni noto‘g‘ri qilingan, degan fikrlar ham uchragan.
 
Bildirilishicha, bu masalada Benoy faqat o‘z rejasini taqdim etdi. Bu masalada 3 ta kompaniyaning loyihalari ko‘rib chiqilmoqda, ularning orasida Benoy ham bor. Toshkent shahar hokimligini va shaharsozlik bo‘yicha mas'ul komissiya taqdim etilgan loyihalarni o‘rganib, eng ma'qulini tanlashi aytiladi.

“Do‘stlar, sizdan iltimos, yangiliklar va faktlarni kim nashr etayotganligidan qat'iy nazar (axborot sahifalari yoki mashhur blogerlar) ma'lumotlarning haqqoniyligini tekshiring. Hozircha yakuniy qaror va tasdiqlangan reja yo‘q. Qaror va rejalar tasdiqlansa, bu haqida rasmiy ravishda xabardor qilamiz”, - deyiladi Toshkent hokimligi xabarida.

Top