14:00 / 08.06.2019
9947

Buxoroda qalbaki muhr tayyorlovchi qo‘lga tushdi

Illyustrativ foto

Gaz hisoblagichlarni ta'mirlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor F.R. Buxoro sinov va sertifikatlashtirish markazi tomonidan 2014-2018 yillarda gaz hisoblagich uskunalarini qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hamda hisoblagich ko‘rsatgichlarini orqaga qaytarmaslik va boshqacha tarzda tashqaridan ta'sir etmaslikni ta'minlovchi plombalarda foydalanilgan muhrlariga o‘xshash jami 16 xildagi muhrlarni qonunga xilof ravishda qo‘lbola usulda tayyorlagan.

U ushbu muhrlarning qalbaki ekanligini bila turib, undan moddiy manfaatdorlik evaziga foydalanib kelganligi tezkor tadbirda aniqlangan.

Jumladan, Buxoro shahar, "Amirobod" ko‘chasida yashovchi fuqaro H.H.ning yashash uyida tabiiy gazdan bo‘lgan 850 ming so‘mlik qarzdorligini kamaytirish maqsadida, iste'molchining xonadonida o‘rnatilgan "G-6" rusumli gaz hisoblash uskunasining davlat plombasini buzib, 5471 m3 ko‘rsatgichni 2000 m3ga orqaga qaytarish orqali 3471 m3 ko‘rsatgichga o‘zgartirib, o‘zida mavjud bo‘lgan davlat sinov va sertifikatlashtirish markazining muhriga o‘xshash qalbaki tayyorlagan muhri bilan plombalab, buning evaziga arizachi M.Sh.dan kimyoviy ishlov berilgan 200.000 so‘m naqd pullarni iste'molchi xonadonida olayotgan vaqtida ushlangan.

Majburiy ijro byurosining Buxoro shahar bo‘limi tomonidan 2019 yilning 10 may kuni Byuroning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan fuqaro F.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 228-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Top