13:37 / 08.06.2019
19554

Toshkentda qo‘shnilarning o‘zaro janjali ayanchli yakunlandi

Foto: KUN.UZ

Joriy yilning 4 iyun kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida yashovchi 34 yoshli V.K., qo‘shnilari 30 yoshli I.S. va 42 yoshli A.T.lar mast holda Sputnik 7-dahasida o‘zaro janjallashib, V.K., A.T.ning yuziga qo‘li bilan urgan vaqtida u boshi bilan yerga yiqilib, jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, u ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay olgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan. Ko‘rilgan choralar natijasida V.K., I.S.lar qo‘lga olingan. 

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top