08:56 / 11.06.2019
6023

NASA Marsga mitti vertolyot jo‘natmoqchi

Foto: NASA

Marsda parvozlar amalga oshirish uchun mo‘ljallangan vertolyot barcha sinovlardan o‘tdi va Qizil sayyoraga jo‘natilishga tayyor. Bu haqda NASA saytida ma'lum qilindi.

NASA koinot agentligining Mars Helicopter qurilmasi boshqa sayyora atmosferasida parvoz qila oladigan tarixdagi ilk qurilma bo‘lishi mumkin.

Qurilmani yaratgan olimlarning maqsadi Marsda ham uchish mumkinligini isbotlash istagi hisoblanadi. Bu keyingi tadqiqotlar uchun yo‘l ochadi.

Vertolyotni Qizil sayyoraga 2020 yilda jo‘natish rejalashtirilgan. Vertolyot elektron dron ko‘rinishida bo‘lib, u reaktiv oqim hisobiga emas, balki havo vinti hisobiga ko‘tariladi.

Qurilmaning og‘irligi 1,8 kg bo‘lib, ikkita vint va quyosh batareyasi bilan jihozlangan. Vint parraklari bir daqiqada 3000 martacha aylanadi.

Top