15:37 / 11.06.2019
13252

Rossiya mehnat migrantlariga pensiya to‘lamoqchi

Foto: Ivan Sekretarev / AP

Rossiya YeOII mamlakatlaridan kelgan mehnat migrantlariga pensiya to‘laydi – bu imzolashga tayyorlanayotgan pensiya ta'minoti to‘g‘risidagi kelishuvda ko‘zda tutilgan, deb yozadi RBK.

Hozirda migrantlar Rossiya pensiya fondiga pul ajratishadi, ammo pensiya olishmaydi.

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari o‘rtasida pensiya ta'minoti to‘g‘risidagi kelishuvda migrant ishlagan va pensiya fondiga pul ajratgan mamlakat u o‘z mamlakatiga qaytib ketganidan keyin ham pensiya to‘lashini ko‘zda tutadi.  

Masalan, qozog‘istonlik migrant Rossiyada ishlab, yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lganidan so‘ng Qozog‘istonga qaytib ketsa ham Rossiya tomoni unga pensiya to‘lashda davom etadi. Agarda Rossiya fuqarosi yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lsa  va masalan, Armanistonga ko‘chib ketsa, unga pensiyani yana Rossiya to‘laydi.

«Mazkur kelishuvni kuzda imzolash va yil oxiriga qadar YeOIIning barcha a'zo davlatlari tomonidan ratifikatsiya qilish rejalashtirilgan», — deb ma'lum qildi Rossiya mehnat vazirligi.

YeOII tarkibiga Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iziston kiradi.

Mavzuga oid
Top