09:30 / 11.06.2019
5540

Tereza Mey: davlat rahbarlari zamonaviy qullikka «yo‘q» deya olishi kerak

Foto: REUTERS

Erkaklar, ayollar va bolalar o‘z irodasiga qarshi ushlab turilganda, hech qaysi yetakchi o‘z nomiga loyiq bo‘lolmaydi, degan bayonot bilan chiqmoqchi Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey. Bu haqda Bi-bi-si xabar tarqatmoqda

Mey xonim Afrika qishloq xo‘jaligida mehnatga majburlanayotgan bolalar huquqini himoya qilish uchun 10 million funt-sterling ajratishini ma'lum qildi. Shuningdek, u yirik biznes sohiblarini majburiy mehnat evaziga yetishtirilgan mahsulotlardan voz kechishga chaqirmoqda.

O‘z vakolatini muddatidan avval yakunlab, joriy yil iyulda lavozimini tark etishga ahd qilgan Tereza Mey BMTning Xalqaro mehnat tashkiloti tribunasida keskin nutq qilishi kutilmoqda. Uning ma'ruza matnida «zamonaviy qullik shakli egnimizdagi libos, yegulik va to‘layotgan xizmatlarimizda yashirinmoqda» kabi jumlalar mavjud, deya qayd etgan Bi-bi-si.

Ma'lumot uchun, zamonaviy qullikning eng tarqalgan shakllaridan biri —  erkin shaxsni o‘z istagiga qarshi mehnatga majburlash.

Mavzuga oid
Top