17:28 / 11.06.2019
15315

Zelenskiy Poroshenkoning bir nechta farmonini bekor qildi

Foto: AFP/Getty Images

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning sobiq rahbari Pyotr Poroshenkoning Andrey Vasilenko va Mixail Isakovni sud oliy kengashi a'zosi etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonlarini bekor qildi.

Zelenskiy shuningdek, kengashga a'zo tayinlash bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.

Poroshenko Vasilenko va Isakovni oliy kengashga 13 may kuni — prezident saylovi natijalari rasman e'lon qilinganidan so‘ng tayinlagandi.

Sud oliy kengashi 2016 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibiga 21 kishi kiradi. Kengash sudyalarni tayinlash, bo‘shatish va boshqa ishga o‘tkazish vakolatlariga ega.

Mavzuga oid
Top