15:00 / 13.06.2019
23692

«O‘ztransgaz» raisiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

«O‘ztransgaz» AJ Boshqaruvi raisiga yangi birinchi o‘rinbosari tayinlandi.

Kun.uz manbasi xabar berishicha, Muzaffarxon Hasanovich Najmiddinov endilikda boshqaruv raisining ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — Bosh muhandis sifatida faoliyat olib boradi.

Muzaffarxon Najmiddinov bundan avval Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning aprel oyida «O‘ztransgaz» kompaniyasi raisining moliya bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi Baxtiyor Anorqulov «Lukoyl» oldidagi qarzdorlik tufayli lavozimidan ozod etilgandi.

Ma'lumot uchun, «O‘ztransgaz» AJ gaz taqsimlash tarmoqlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish sohasida yagona siyosatni shakllantirish, respublika iste'molchilariga tabiiy gaz yetkazib berish va sotish bo‘yicha samarali boshqaruv tizimini yaratish, shuningdek, tabiiy gazdan oqilona foydalanish, gaz uchun to‘lov intizomini mustahkamlash maqsadida tashkil qilingan.

Top