21:33 / 13.06.2019
5048

Twitter’dan Eron bilan bog‘liq 4,8 ming akkaunt o‘chirib tashlandi 

Twitter ijtimoiy tarmog‘i Eron bilan bog‘liq 4,8 ming hamda Rossiya, Venesuela va Ispaniyadagi bir necha akkauntni o‘chirib tashladi. Kompaniya bu haqda o‘z blogida ma'lum qilgan.

O‘chirilgan akkauntlar turli davlatlar hukumatlari rahnamoligida soxta ma'lumotlar tarqatishda gumon qilinganlar ro‘yxatiga qo‘shiladi.

“Fikrimizcha, institutsional hokimiyat ustunliklariga ega va xizmatimizning shartlarini atayin buzuvchi odamlar va tashkilotlar sog‘lom muhokamalarni ilgari surmaydi, ular aksincha uni barbod qilishga faol ishlaydilar”, deyilgan xabarda.

Kompaniya Eron hukumati bilan bog‘langan yoki u tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi 4779 akkauntni o‘chirib tashlagan. Ulardan 1600 akkaunt “Eronning diplomatik va geostrategik qarashlariga ko‘mak beruvchi nuqtai nazar ostida global yangiliklarni chop etgan”. 2865 akkaunt esa “maqsadi Erondagi va jahondagi siyosiy va ijtimoiy masalalarni muhokama qilish hisoblangan bir qator soxta personajlarni” o‘z ichiga olgan. 248 akkaunt “Isroil bo‘yicha muhokamalarda ishtirok etgan”. 

Shuningdek, Rossiyadagi 4 ta akkaunt AQSh maxsus prokurori Robert Myuller AQShdagi saylovlarga aralashuvda ayblagan Internet-tadqiqotlar agentligi bilan aloqadorlikda gumon qilinib o‘chirib tashlangan.

Bundan tashqari, Kataloniyaning mustaqilligi harakati bilan bog‘liq 130 ta va Venesueladagi 33 ta akkaunt o‘chirilgan.

Mavzuga oid
Top