12:39 / 16.06.2019
16430

“Xon – falokat”: Tramp London meriga boshqa ish topishni tavsiya qildi

Foto: REUTERS/LEAH MILLIS

AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda Londonga yangi mer kerakligini yozdi. Bunday keskin bayonotga Britaniya poytaxti meri Sodiq Xonning tanqidga uchrashi sabab bo‘lgan: Oq uy egasi britaniyalik jurnalist Keti Xopkins maqolasiga shunday izoh bergan.

Maqolada Londonda bir kundan kamroq vaqt ichida jinoyatchilar qo‘lidan 3 nafar mahalliy vakil jabr ko‘rgani, yana 3 kishi hujumlar oqibatida halok bo‘lgani aytilgan.

“Londonga iloji boricha tezroq yangi mer lozim. Xon – bu haqiqiy falokatdir va faqatgina battarroq bo‘laveradi”, deb yozgan Tramp. 

Avvalroq ham AQSh prezidenti Xonni tanqid qilib, uni omadsiz deb atagan hamda u yomon ishlashi va diqqat-eʼtiborini Londondagi jinoyatchilikka qaratishi lozimligini aytgandi.

Mavzuga oid
Top