17:27 / 17.06.2019
29867
Reklama

Koson tumani g‘alla rejasini birinchilardan bo‘lib bajardi – foto

Koson tumanida 2019 yil hosili uchun 567 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 18100 gektar maydonda boshoqli don ekinlari parvarishlanib davlat ehtiyojlari uchun o‘rtacha 27.7 ts/ga dan 50198 tonna don yetishtirish rejalashtirilgan.

Tumanda joriy yilda boshoqli don ekinlarini nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish uchun 77 ta kombayn safarbar qilinib, har biriga 5 tadan yuk avtomashinalari biriktirildi.

2019 yil 17 iyun kuni tuman g‘allakorlari tomonidan 10 ish kunida davlatga don sotish shartnomaviy rejasi Qashqadaryo viloyatida birinchilardan bo‘lib bajarildi.

Tumandagi «Maydayobu», «Surxon», «Guliston», «Qo‘ng‘irtog‘», «Jarqum», «Sharq Yulduzi» mahallalari hududlaridagi fermer xo‘jaliklari yuqori hosildorlikka erishdilar.

Jumladan,«Dilbek Dilmurodov» fermer xo‘jaligi shartnomaviy rejadagi 249.4 tonna o‘rniga 514.4 tonna yoki shartnomaviy reja 206.3 foizga, «Tog‘ayev Anvar» fermer xo‘jaligi shartnomaviy rejadagi 261.3 tonna o‘rniga 272 tonna yoki shartnomaviy rejani 105 foizga, «Sherxon Axmed»  fermer xo‘jaligi shartnomaviy rejadagi 222.9 tonna o‘rniga 268.8 tonna yoki shartnomaviy rejani 120.6 foizga bajardi.

Koson tuman fermer xo‘jaliklari tomonidan rejaga qo‘shimcha yana  5 ming tonna g‘alla yig‘ib olish rejalashtirilgan.

Bardoshbek SAMAD o‘g‘li tayyorladi.

Top