01:54 / 18.06.2019
25068

AQSh Eronga zarba berishni rejalashtirmoqda – OAV

Foto: Reuters

AQSh Eron yadroviy dasturining obektlaridan biriga cheklangan zarba berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda BMTdagi diplomatlarga iqtibos keltirgan holda Jerusalem Post nashri xabar berdi. 

“Zarba salmoqli, biroq aniq mo‘ljal bilan cheklangan bo‘ladi”, deb aytgan manbalardan biri. Uning aytishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp bu g‘oyani ma'qullamayapti, biroq qaror qabul qilish AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoga taqdim qilingan, u esa Eronga zarba berilishi kerakligini ta'kidlamoqda.  

Ma'lum qilinishicha, Oq uyda Pentagon vakillari, yuqori lavozimli harbiy qo‘mondonlar va Tramp maslahatchilari ishtirokida 14 iyundan beri muzokaralar olib borilmoqda. Bundan tashqari, Vashington Yaqin Sharqdagi harbiy ishtirokini kengaytirib, u yerga ko‘proq askar jo‘natmoqchi.

14 iyunda Tramp Eronni Ummon ko‘rfazida tankerlarga hujum qilinishiga aloqadorlikda ayblagan. Tehron voqeaga aloqasi yo‘qligini aytib, Vashingtonni Eron va Yaponiya o‘rtasidagi muzokaralarga putur yetkazishga va Tehronga qarshi iqtisodiy terrorchilikni niqoblashga urinishda ayblagan.

Mavzuga oid
Top