23:32 / 18.06.2019
51168

Zelenskiy titroqqa tushgan Merkelga yordam bermagani sababini tushuntirdi

Ukraina prezidenti  Vladimir Zelenskiy Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashuvda germaniyalik hamkasbining tobi qochganida unga yordam bermaganining sababini tushuntirdi. Uning so‘zlarini Bild nashri keltirdi.

“Men uning yonida edim va ishonishingiz mumkin, u xavfsizlikda edi”, – deb aytgan Zelenskiy matbuot anjumanda.

Avvalroq kanslerning Berlinda bo‘lib o‘tgan marosimda tobi qochgan edi. To‘satdan Merkelni titroq bosgan, u titroqni bosish uchun qo‘llarining holatini bir necha bor o‘zgartirgan. Biroq Merkel bilan yonma-yon turgan Zelenskiy hamkasbiga hech qanday yordam ko‘rsatmagan. 

Merkel uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanda tobi qochishiga organizmning suvsizlanishi sabab bo‘lganini aytgan. Kanslerning ta'kidlashicha, u bir nechta butilka suv ichgach o‘zini yaxshi his qila boshlagan.

Mavzuga oid
Top