13:47 / 19.06.2019
14939
Reklama

"O‘zagroservis" AJ g‘alla mavsumi ilg‘orlarini munosib taqdirlashini e'lon qildi

Foto: O‘zagroservis

2019 yil g‘alla mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida “O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi hududiy “Agroservis MTP” MChJlari tomonidan g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumida yetishtirilgan g‘alla hosilini qisqa muddatlarda nes-nobud qilmay, g‘alla o‘rish kombaynlaridan samarali foydalanib, o‘rim-yig‘imni uyushqoqlik bilan tashkil etib, mavsumda faol qatnashgan kombayn operatorlari va ishchi-xodimlar quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha moddiy rag‘batlantiriladi.  

 Eng ko‘p g‘alla o‘rgan kombayn operatori:

-1-o‘rin uchun chet el sayohatiga yo‘llanma;

-2-o‘rin uchun respublika sog‘lomlashtirish va dam olish sihatgohlariga yo‘llanma;

-3-o‘rin uchun pul mukofoti.

Foto: O‘zagroservis

Tez va sifatli servis xizmati ko‘rsatgan xodim:

-1-o‘rin uchun chet el sayohatiga yo‘llanma;

-2-o‘rin uchun respublika sog‘lomlashtirish va dam olish sihatgohlariga yo‘llanma;

-3-o‘rin uchun pul mukofoti.

G‘alla o‘rimini tashkil etishda faol ishtirok etgan dispetcherlik markazi mutaxassisi:

-1-o‘rin uchun chet el sayohatiga yo‘llanma;

-2-o‘rin uchun respublika sog‘lomlashtirish va dam olish sihatgohlariga  yo‘llanma;

-3-o‘rin uchun pul mukofoti.

Foto: O‘zagroservis

G‘alla o‘rim-yig‘imini uyushqoqlik bilan tashkil etishda faol ishtirok etgan viloyat “Agroservis MTP” MChJ direktori:

-1-o‘rin uchun chet el sayohatiga yo‘llanma;

-2-o‘rin uchun respublika sog‘lomlashtirish va dam olish sihatgohlariga yo‘llanma;

-3-o‘rin uchun pul mukofoti.

Foto: O‘zagroservis

G‘alla o‘rim-yig‘imini uyushqoqlik bilan tashkil etishda faol ishtirok etgan tuman “Agroservis MTP” MChJ direktori:

-1-o‘rin uchun chet el sayohatiga yo‘llanma;

-2-o‘rin uchun respublika sog‘lomlashtirish va dam olish sihatgohlariga  yo‘llanma;

-3-o‘rin uchun pul mukofoti.

- “O‘zagroservis” AJ markaziy apparati, viloyat va tuman “Agroservis MTP” MChJlarda  Ishchi guruhlar tuziladi.

- Ishchi guruhlari tomonidan mazkur ko‘rsatkichlar bo‘yicha rag‘batlantirish quyidagi tartibda aniqlanadi.

 - Eng ko‘p g‘alla o‘rgan kombayn operatorini aniqlash:

2018-2019 yillarda ishlab chiqarilgan g‘alla kombaynlari bo‘yicha  

Keys 5088-rusumli  700 ga.

Keys 4088 –rusumli 500 ga.

Klaas Dominator 130 –rusumli 400 ga.

Vektor 410 –rusumli 500 ga.

Lida –rusumli 500 ga.

3 yildan ortiq ishlagan g‘alla kombaynlari bo‘yicha  

 Keys 4088 –rusumli 500 ga.

 Keys 2360 – rusumli 350 ga.

 Klaas Dominator 130 –rusumli 350 ga.

Mega 204-– rusumli 400 ga.

Nyu Xolland – rusumli 400 ga.

-  Tez va sifatli servis xizmati ko‘rsatgan xodimni aniqlash:

- biriktirilgan hududdagi kombaynlarga o‘z vaqtida sifatli servis xizmatlarini ko‘rsatgan bo‘lsa;

- hududda mavsum davomida to‘xtab turishlar soni eng kam ko‘rsatkichda bo‘lsa;

 - kombaynlarning o‘rtacha to‘xtab turishi 1.0-1.5 soatdan oshmagan bo‘lsa;

-  g‘alla o‘rimini tashkil etishda faol ishtirok etgan dispetcherlik markazi mutaxassisini aniqlash:

- kunlik ma'lumotlarni o‘z vaqtida sifatli qilib taqdim etgan bo‘lsa;

- nosozliklar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni servis xodimlariga o‘z vaqtida yetkazib bergan bo‘lsa;

- Respublika va viloyat “G‘alla shtab”lari bilan uzviy ravishda doimiy aloqada bo‘lib ma'lumotlarni to‘liq taqdim qilgan bo‘lsa;

- Ish o‘rnini tark etish holati umuman kuzatilmagan bo‘lsa;

Foto: O‘zagroservis

- g‘alla o‘rimini tashkil etishda faol ishtirok etgan viloyat “Agroservis MTP” MChJ direktorini aniqlash:

 -   viloyatda har bir kombayndan eng yuqori unumdorlikka erishgan bo‘lsa;

- viloyatda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun undirilgan haq miqdori                 85 foizdan kam bo‘lmasa;

- hududlarda to‘xtab qolish va nosozliklar bo‘lmasa yoki qisqa fursatlarda bartaraf qilingan bo‘lsa;

- Ishchi xizmatchi xodimlarning ish haqlari to‘liq berilgan bo‘lsa;

- hududlarda kredit mablag‘lar so‘ndirilgan bo‘lsa;

- viloyatda servis xizmatlari ko‘rsatilishi sifatli tashkil qilingan bo‘lsa;

-hududlar bo‘yicha kunlik ma'lumotlarni o‘z vaqtida va sifatli olib Respublika “G‘alla shtabi”ga taqdim qilgan bo‘lsa;

- hududlarda kombaynlarni bekor turib qolish soni eng kam bo‘lsa.      

Mazkur yo‘nalishdagi g‘oliblar Respublika Ishchi guruhi hamda “O‘zagroservis” AJ Bosh direktori o‘rinbosarlarining tavsiyasiga binoan aniqlanadi.

- g‘alla o‘rimini tashkil etishda faol ishtirok etgan tuman “Agroservis MTP” MChJ direktorini aniqlash:

- tumandagi har bir kombaynda eng yuqori unumdorlikka erishgan bo‘lsa;

- Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun undirilgan haq miqdori 85 foizdan kam bo‘lmasligi;

- To‘xtab qolish va nosozliklar bo‘lmasa yoki qisqa fursatlarda bartaraf qilingan bo‘lsa;

- Ishchi xizmatchi xodimlarning ish haqlari to‘liq berilgan bo‘lsa;

- Kredit mablag‘lar so‘ndirilgan bo‘lsa;

- Servis xizmatlari ko‘rsatilishi sifatli tashkil qilingan bo‘lsa;

- kunlik ma'lumotlarni o‘z vaqtida va sifatli viloyat “G‘alla shtabi”ga taqdim qilgan bo‘lsa;

- kombaynlarni bekor turib qolish soni eng kam bo‘lsa.     

Mazkur yo‘nalishdagi g‘oliblar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat Ishchi guruhlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat “Agroservis MTP” MChJ direktorining tavsiyasiga binoan aniqlanadi.

-        Ushbu rag‘batlantirish xarajatlarini moliyalashtirish “O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyatining hududiy “Agroservis MTP” MChJlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 

Kelgusidagi mavsumiy agrotexnik tadbirlarda(shudgorlash, paxta mavsumi va xokazo) faol ishtirok etgan ishchi-xodimlar munosib taqdirlanib borishi ko‘zda tutilgan.

"O‘zagroservis" AJ matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Top