14:09 / 19.06.2019
9452

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi YTH oqibatida vafot etdi

Illyustrativ foto

18 iyun kuni G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida “Uralsk-Aqtobe” trassasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 1988 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi M.R. vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Olmaota shahridagi bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga asoslanib O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, bosh konsulxona tomonidan Qozog‘iston ichki ishlar vazirligining navbatchi xizmatlari va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatidagi bo‘limlari bilan tezkor aloqa o‘rnatilgan hamda marhum hamyurtimizning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildiradi va Qozog‘iston hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi elchixonasiga (tel.: +7-717-295-42-52) yoki Olmaota shahridagi bosh konsulxonasiga (tel.: +7-727-291-11-78) murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.

11 iyun kuni Aqtobe viloyatidagi Qarabutaq-Aqtobe avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2002 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Diyorbek Qo‘shshayev vafot etgandi.

 

 

Top