00:01 / 21.06.2019
39841

Keniyalik ayol sportchi erkak bo‘lib chiqdi

Foto: NT.co.ke / Tvitter

Keniyalik yengil atletikachi ayol, doping qo‘llagani uchun diskvalifikatsiya qilingan Shiyeys Chepkosgey erkak bo‘lib chiqdi. Bu aldovni turma nozirlari fosh qilishgan.

Nairobi News nashrining xabar berishicha, Chepkosgey 14 iyunda Keniyadagi klinikalardan birida o‘zini hamshira qilib ko‘rsatib yurgandan keyin hibsga olingan. 

Chepkosgey panjara ortiga jo‘natilganda, u aslida erkakligi fosh bo‘lgan. Tibbiy ko‘rikdan keyin esa bu o‘z tasdig‘ini topgan.

Chepkosgeyning yonida shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, jumladan pasport va milliy indentifikatsiya kartasi bo‘lgan.

So‘roq vaqtida Chepkosgey erkakligini va sport bilan shug‘ullanishni boshlaganda hujjatlarda o‘zini ayol qilib ko‘rsatganini tan olgan.

Chepkosgey Malayziyadagi yarimmarafonda olingan doping namunasida taqiqlangan testosteron, androsteron va etioxolanon moddalari aniqlangandan keyin 2016 yilda musobaqalardan 4 yilga chetlatilgan.

Mavzuga oid
Top