22:25 / 21.06.2019
6915

Kiprning sobiq prezidenti hayotdan ko‘z yumdi

Foto: RIA Novosti / Sergey Gunev

Kiprning sobiq prezidenti Dimitris Xristofias hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Kipr matbuot va axborot hukumat byurosi ma'lum qildi.  

Xristofias 72 yoshda bo‘lgan. U Kiprni 2008-2013 yillar davomida boshqargan, bungacha esa 7 marta parlamentga rahbarlik qilgan. Xristofias uzoq yillar davomida Kipr ishchi xalqi ilg‘or partiyasi yetakchisi bo‘lgan.

Xristofiasni Kiprning birinchi kommunist prezidenti deb atashgan. 

Sobiq prezident 18 may kuni nafas olishdagi muammolar sababli Nikosiyadagi shifoxonaga yotqizilgan, 20 may kuni intensiv davolash bo‘limiga o‘tkazilgan. Uni davolash uchun xorijiy mutaxassislar ham taklif qilingan.

Top