08:31 / 21.06.2019
8801

Kopa Amerika. Urugvay Yaponiya bilan o‘yinda irodali durangga erishdi

Kopa Amerikada guruh bosqichining 2-turi yakunlanib bormoqda. «C» guruhida kechgan Urugvay va Yaponiya milliy jamoalari uchrashuvi durang bilan yakun topdi.

O‘yinda yaponlar ikki marotaba hisobda oldinda borib, ustunlikni ushlab qola olishmadi. Koji Miyoshining dubliga urugvayliklardan Suares (penaltidan) va Ximenes javob qaytardi.

Yaponiya ilk turda Chiliga 0:4 hisobida yutqazgan, Urugvay esa xuddi shu hisobda Ekvadorni mag‘lub etgandi. Toshkent vaqti bilan ertaga tongda Ekvador va Chili 2-tur o‘yinini o‘tkazishadi.

Eslatib o‘tamiz, uchta guruhda dastlabki ikki o‘rin sohiblaridan tashqari eng yaxshi ko‘rsatkichga ega ikkita 3-o‘rin egasi ham pley-offga chiqadi.

Kopa Amerika
«C» guruhi, 2-tur
Urugvay – Yaponiya 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 25 Miyesi, 1:1 – 32, penalti Suares, 1:2 – 59 Miyesi, 2:2 – 66 Ximenes.
Urugvay – Muslera, Kaseres, Ximenes, Godin, Laksalt (Gonsales, 28), Nandes (de Arraskaeta, 60), Torreyra, Bentankur, Lodeyro (Valverde, 73), Suares, Kavani.
Yaponiya – Kavasima, Ivata (Tatsuta, 87), Ueda, Tomiyasu, Sugioka, Miyesi (Kubo, 83), Sibasaki, Itakura, Nakadzima, Okadzaki, Abe (Ueda, 67).
Ogohlantirish: Ueda (31), Nakadzima (78).

22 iyun
04:00. Ekvador – Chili

3-tur
23 iyun
00:00. Peru – Braziliya
00:00. Boliviya – Venesuela
24 iyun
00:00. Qatar – Argentina
00:00. Kolumbiya – Paragvay
25 iyun
04:00. Chili – Urugvay
04:00. Ekvador – Yaponiya

O‘yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

Mavzuga oid
Top