23:25 / 22.06.2019
34322

Tojikistonda 3 o‘smir 6 yoshli qizni yoqib yubordi. Prezident uning davolanishini o‘z nazoratiga oldi

19 iyunda Dushanbedagi 3-shifoxonaga yong‘indan og‘ir darajadagi kuyish jarohatlari bilan 6 yoshli qizcha yetkazilgan. Bu haqda Tojikiston ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi. 

Ta'kidlanishicha, tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida militsiya xodimlari tomonidan ushbu voqeaga aloqadorlikka gumon bilan 3 nafar balog‘atga yetmagan o‘smir qo‘lga olingan. Ushbu hodisa yuzasidan tegishli ish ochilib, hujjatlar Dushanbe prokuraturasiga yo‘llangan va tergov olib borilmoqda. 

Ichki ishlar vazirligida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bu hodisa yuzasidan tashvish bildirib, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vaziri Olimzoda Nasim Xo‘jaga qizchaning davolanishi va parvarishlanishini qat'iy nazorat ostiga olishni buyurgani ma'lum qilingan.  

Mavzuga oid
Top