09:15 / 23.06.2019
25381

Kim Chen In Trampdan «ajoyib» maktub oldi – OAV

Foto: REUTERS/Central News Agency

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Trampdan maktub oldi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligiga iqtibos keltirgan holda Yonhap axborot agentligi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Kim Chen In maktub mazmuni bilan tanishib chiqqach, uni “ajoyib” deb atagan. 

“Prezident Trampning siyosiy mulohaza yuritish qobiliyati va jasurligini yuqori baholab, Kim Chen In maktubning qiziq mazmuni ustida jiddiy o‘ylab ko‘rishini aytgan”, deyilgan xabarda. Biroq maktubda nima haqida gapirilgani ma'lum qilinmagan.  

Shu oy avvalroq Tramp Kim Chen Indan maktub olganini ma'lum qilgandi. Oq uy rahbari maktubni “juda iliq” deb atagan va u uchun Shimoliy Koreya yetakchisiga minnatdorlik bildirgan.

Mavzuga oid
Top