16:00 / 23.06.2019
28043

Messi uchun navbatdagi sinov. Argentina yana qiyin ahvolda

Foto: Reuters

Amerika Kubogida navbatdagi o‘yinlardan keyin yuzaga kelgan holat bilan tanishtiramiz.

Urugvay amalda pley-offda

Ayni vaqtda chorak final ishtirokchilarining yarmi ma'lum bo‘lib ulgurgan. Braziliya va Kolumbiya o‘z guruhlarida birinchi o‘rinni kafolatlagan. Uchinchi turda Venesuela Boliviyani 3:1 hisobida mag‘lub etib, A kvartetida ikkinchi o‘rinni egalladi. Peruda uchinchi o‘rin bilan guruhdan chiqish imkoniyati mavjud, Boliviya turnirni tark etib bo‘lgan.

Amaldagi chempionlar bo‘lmish Chili terma jamoasi futbolchilari 3-tur o‘yinida Urugvayga yutqazishsa ikkinchi o‘ringa tushib ketishi mumkin, xolos.

Luis Suares jamoadoshlari ham ikkinchi o‘rindan pastga tushmasa kerak. C guruhida ayni vaqtda uchinchi o‘rinda joylashgan Yaponiyada atigi 1 ochko bor va kunchiqar yurt vakillarida to‘plar nisbati yomon - janubiy amerikaliklarda +4, osiyoliklarda esa -4. Urugvayliklar bu ustunlikni yo‘qotishi, Yaponiya Ekvadorga juda ko‘p gol urishiga ishonish qiyin. 

Chili oxirgi turda Urugvayni minimal hisobda yengsa, yaponiyaliklar Ekvadorga javobsiz 7ta gol urishi talab etiladi. Urugvay esa Chiliga 0:5 hisobida yutqazsa ham, uchinchi o‘rinni olgan jamoalar orasida eng yomoni bo‘lmaydi.

Ish qur'agacha borib yetadimi?

«Ko‘k samuraylar»da uchinchi o‘rin bilan guruhdan chiqish uchun nazariy jihatdan imkoniyat saqlanib qolmoqda (3ta guruhdan 2ta uchinchi o‘rin egalari keyingi bosqichga o‘tishadi).

Dastlabki ikki turda bir g‘alaba va bir durang qayd etgan Peru uchinchi turda Braziliyaga yirik hisobda mag‘lub bo‘lgach (0:5), bu borada muvozanat o‘zgardi. Turnir mezbonlariga qarshi o‘yindan o‘yindan oldin «inklar» guruhdan chiqadigandek ko‘rinayotgan, terma jamoa to‘plar nisbatiga ko‘ra yaxshi vaziyatda edi, endi esa uchinchi o‘rinni egallagan peruliklarda 4 ochko va minus 3. Agar Braziliyaga qarshi o‘yin oxirida darvozabon Galese Gabriyel Jyezus penalti nuqtasidan bergan zarbani qaytarmaganida vaziyat bundan ham yomonroq bo‘lardi.

Endi Yaponiya 2ta gol urib g‘alaba qozonishi kerak bo‘ladi - 2:1, 3:2 va hokazo. Agar yaponlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonsa, Yaponiyada ham Peruda ham to‘plar nisbati bo‘yicha bir xil ko‘rsatkich hosil bo‘ladi - ikki terma jamoada ham 4tadan ochko va 3:6 ko‘rinishidagi to‘plar nisbati. Agar ish shunga borib yetsa, omadli jamoa qur'a tashlash yo‘li orqali aniqlanadi.

Argentinaga g‘alaba zarur

B guruhida hozir juda chigal vaziyat yuzaga kelgan. Paragvay ikkinchi o‘rinda, ammo bu jamoa uchinchi turdan keyin to‘rtinchi o‘ringa tushib qolishi ham mumkin. Agar oxirgi turda Argentina va Qatar durang o‘ynasa va paragvayliklar Kolumbiyaga 0:3 hisobida yutqazishsa, oxirgi o‘ringa tushib ketishadi. Shu bilan birgalikda, paragvayliklarda 2 ochko bilan ham guruhdan chiqish imkoniyati mavjud. Buning uchun ular uchinchi turda bittadan ortiq gol o‘tkazmasdan yutqazishi, C guruhida Yaponiya va Ekvador, B guruhida Argentina va Qatar terma jamoalari o‘yinlarida durang natijalar qayd etilishi kerak bo‘ladi.

Agar Paragvay durang o‘ynasa va Argentina va Qatar terma jamoalari o‘yinida tomonlardan biri g‘alaba qozonib, paragvayliklar uchinchi o‘ringa tushib qolsa, barchasi C guruhidagi vaziyatga bog‘liq bo‘ladi - Yaponiya va Ekvador o‘yinida yoki durang qayd etilishi kerak, yoki ekvadorliklar kamida 5:0 hisobida g‘alaba qozonishi kerak bo‘ladi.

Lekin bunga umid qilmasa ham bo‘laveradi. Hali birorta ochko jamg‘armagan Ekvadorda ham uchinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l olish imkoniyati mavjud. Buning uchun Ekvador Yaponiyani kichikroq hisobda yengib, Argentina va Qatar o‘zaro o‘yinda durang o‘ynashiga umid qilishi kerak bo‘ladi.

Lionel Messi va uning terma jamoasini esa g‘alabadan boshqa hisob qoniqtirmaydi. Argentinaliklar o‘z o‘yinida g‘alaba qozonsa va Paragvay Kolumbiyaga qarshi o‘yinda g‘alaba qozona olmasa, Argentina ikkinchi o‘ringa ko‘tariladi. Agar Paragvay o‘z o‘yinida g‘alaba qozonsa, Argentinani g‘alaba maksimum uchinchi o‘ringa olib chiqadi va Argentina Peruni eng yaxshi uchinchi o‘rin egalari bahsida ortda qoldirishi mumkin - hozirda Peruda «minus 3», Argentinada yaxshiroq (-2). Argentinaliklardan guruhdan chiqish uchun faqat g‘alaba qozonish talab etiladi. 

Mavzuga oid
Top