17:40 / 24.06.2019
18227

Qozog‘istondagi portlashda jabrlanganlar soni 46 kishiga yetdi

Foto: Xabar 24

Qozog‘iston janubidagi harbiy qismda sodir bo‘lgan portlash oqibatida jabrlanganlar soni 46 kishiga yetdi, deb xabar qildi Chimkent sog‘liqni saqlash boshqarmasi.

Xabar qilinishicha, 34 kishi Turkiston oblastidagi klinik kasalxonaga yotqizilgan. Yana 12 kishi Chimkent shahridagi shahar kasalxonasiga murojaat qilgan.

Jabrlanganlardan birining ahvoli og‘ir ekanligi aytilmoqda.

24 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 09:20da Arisdagi harbiy qismda davomli portlashlar ro‘y berdi va yong‘in boshlandi. Hukumat atrofdagi barcha aholi yashash punktlaridagi aholini ko‘chirishga buyruq bergan.

 

Top