17:00 / 24.06.2019
50484

Portlashlar vaqtida qozog‘istonlik harbiylar odamlarni evakuatsiya qilayotgani tasvirlangan videolar tarqaldi

Internetda Turkiston viloyati Aris shahridagi harbiy qismdagi o‘q-dori omborxonasida portlashlar boshlangach, bu yerdagi harbiylar hududni qanday tark etayotgani tasvirlangan video tarqaldi.

«Ayollarni olinglar! Boshini yashir, boshini! Yuringlar!», deya baqiradi holatni s'yomka qilgan harbiy.

Keyin harbiylar katta yo‘lga chiqib, yo‘ldan o‘tayotgan mashinalarni to‘xtatishadi va mashinalarga ayollarni chiqarib yuborishadi.

«Olib ket! Ayolni olib ket!», deb baqiradi harbiylardan biri haydovchiga qarata.

Shundan so‘ng harbiylar yo‘l bo‘ylab chopib ketishadi.

«Yugurdik! Yot, yerga yot!», deya baqiradi harbiy o‘q-dori omborida navbatdagi portlashlar boshlangach.

24 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 09:20da Arisdagi harbiy qismda davomli portlashlar ro‘y berdi va yong‘in boshlandi. Hukumat atrofdagi barcha aholi yashash punktlaridagi aholini ko‘chirishga buyruq bergan.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, portlashdan so‘ng 46 kishi shifokorlarga murojaat qilgan (ulardan beshi nafari — bolalar), 34 kishi kasalxonaga yotqizilgan (ulardan birining ahvoli og‘ir).

Mavzuga oid
Top