14:14 / 25.06.2019
6388

Senator Sanders amerikalik talabalarning 1,6 trln dollar qarzini kechib yuborishni taklif qildi

Foto: AP Photo/Andrew Harnik

2020 yilda AQSh prezidentligi uchun saylovlarda ishtirok etishini bildirgan senator Berni Sanders amerikalik talabalarning ta'lim kreditlaridan bugungi kunda 1,6 trln dollarga teng bo‘lgan qarzlarini to‘liq va zudlik bilan kechib yuborish to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritdi. Bu haqda The Washington Post gazetasi xabar berdi.

Agarda Sandersning tashabbusi qo‘llab-quvvatlansa, u jami 45 mlnga yaqin amerikaliklarga taalluqli bo‘ladi. Senator talabalarning qarzlarini moliyaviy o‘tkazmalarga yangi soliqlar joriy etish orqali yopishni taklif qilmoqda.

Hukumatning taxminicha, ta'lim krediti olgan amerikaliklarning 30 %i qarzlarini to‘lay olishi dargumon.

Qonunga ko‘ra, ta'lim kreditidan hattoki bankrotlik e'lon qilinganida ham kechilmaydi. Natijada ta'lim kreditidan qarzdorlar orasida pensionerlar ham paydo bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligi farzandlari yoki nabiralarini o‘qitish uchun kredit olgan bo‘lsa, ular orasida hattoki 1960-yillarda kollejda o‘qish uchun kredit olib haligacha to‘lay olmayotganlar ham bor.

Top