08:21 / 26.06.2019
5509

«Barselona»: Andre Gomesh 25 mln yevro evaziga transfer qilindi

Foto: AFP/Getty Images

«Barselona» yarimhimoyachi Andre Gomeshning transfer huquqi «Everton»ga o‘tishini ma'lum qildi. 

25 yoshli portugal o‘tgan mavsumni ijara asosida Liverpulning mazkur klubida o‘tkazgan edi. Uning «Everton» bilan shartnomasi 5 yil muddatga tuzilgan.

Rasmiy ma'lumotga ko‘ra, mersisaydliklar transfer uchun kataloniyaliklarga bonuslardan tashqari 25 mln yevro to‘laydigan bo‘lgan.

Gomesh o‘tgan mavsum APLning 27ta o‘yinida qatnashib, ulardan 24tasida asosiy tarkibda maydonga tushgan va bittadan gol hamda assist muallifi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Andreni 2016 yilda «Valensiya»dan 37 mln yevroga xarid qilgan edi.

Top