08:28 / 27.06.2019
8726

De Ligt «Yuventus» bilan bitim shartlarini kelishib oldi

Foto: Associated Press

Ayaks» sardori Matteys de Ligt «Yuventus»ga o‘tishga yaqin, deb ma'lum qildi Sky Spors.

Manbaga ko‘ra, de Ligt italyan klubi bilan tuzilajak shartnomaning eng asosiy detallari yuzasidan kelishuvga erishgan.

Unga asosan, bitim 5 yilga mo‘ljallangan bo‘ladi va unga turli bonuslar bilan birga yiliga 12 mln yevro maosh to‘lanadi.

Endilikda Turin va Amsterdam klublari transfer qiymati borasida kelishib olsa bas.

Eslatib o‘tamiz, de Ligtga uzoq vaqt «Barselona» asosiy da'vogar sifatida ko‘rib kelindi, ammo himoyachi yakunda bu variantdan voz kechishga qaror qildi. Uning bunday yo‘l tutishiga moliyaviy omillar va Kataloniyada yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmaslik ehtimoli sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Ba'zi xabarlarga qaraganda, «Barsa» de Ligt o‘rniga «MYu»dan Viktor Lindelyofni olmoqchi.

Top