19:10 / 28.06.2019
18033

Andijon mashinasozlik instituti rektori o‘zgardi

Andijon mashinasozlik institutida rahbar o‘zgardi.

Huquqiy axborot kanali xabar berishicha, hukumatning tegishli qarori bilan Umid Muxtaraliyevich Turdialiyev Andijon mashinasozlik institutining rektori etib tayinlandi.

Shu vaqtgacha Akmaljon Ermatov institut rektori vazifasini bajaruvchi hisoblanardi.

Ma'lumot uchun, Umid Turdialiyev 1980 yilda tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 2005 yilda Farg‘ona politexnika institutni tamomlagan. Texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

2018 yildan TKTI ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori — O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatib kelgan.

Mavzuga oid
Top