23:43 / 28.06.2019
47105

OAV: Tramp Ispaniya bosh vaziriga o‘rnini “ko‘rsatib qo‘ydi” (video) 

AQSh prezidenti Donald Tramp Osakada o‘tayotgan G20 sammiti doirasida o‘tgan yig‘ilishlardan birida Ispaniya bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Pedro Sanchesga o‘rnini “ko‘rsatib qo‘ydi”. Bu haqda Periodico nashri xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, sammit doirasida Sanches Trampni ko‘rgach, ikkalovlari bir-birlari bilan so‘rashishgan. So‘ngra Sanches Oq uy rahbariga nimadir demoqchi bo‘lganda, AQSh prezidenti unga barmog‘i bilan o‘rnini ko‘rsatib, yo‘lida davom etgan. Sanches Trampning bu imo-ishorasiga kulib qo‘yib, o‘rniga o‘tirgan. 

Ispaniya hukumatida ta'kidlanishicha, Trampning bu imo-ishorasini “o‘tirishga buyruq yoki shunga o‘xshash narsa” deb qabul qilish kerakmas. “Bu shunchaki hazil holat edi”, deb aytilgan hukumatda va Tramp Sanchesga “joyi yaxshi ekanini” aytgani qo‘shimcha qilingan. 

Mavzuga oid
Top