13:45 / 01.07.2019
20718

Toshkent shahri yaqinidagi AYoQShda sodir bo‘lgan yong‘in haqida rasmiy ma'lumot berildi

2019 yilning 1 iyul kuni soat 00:45 Toshkent viloyati Toshkent tumani “Sabzavot” MFY TXAY ko‘chasi 7-uyda joylashgan “Obod Kapital” MChJga qarashli AYoQShda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida tuman YoXB dispetcherlik xizmatiga xabar kelib tushgan.

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, yong‘inni bartaraf etishga 8 ta asosiy va 3 ta maxsus yong‘in o‘chirish avtomobillari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar yong‘in joyiga 9 daqiqada yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 01:24 da qurshab olingan va soat 01:46 da to‘liq bartaraf etilgan. AYoQShning 150 kv.metr maydonda binosi va hududidagi 50 t. yoqilg‘i saqlanib kelinayotgan sig‘im yong‘indan asrab qolingan.

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

Yong‘inni o‘chirish vaqtida AYoQSh ishchisi fuqaro S.Q. kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yuborilgan. Yong‘in oqibatida AYoQSh operator binosining 40 kv.m maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari hamda AYoQSh hududidagi “Chinobod” neftbazasi UKga qarashli “MAZ” rusumli yoqilg‘i tashish avtomashinasi bilan fuqaro B.P.ga tegishli “Matiz” rusumli yengil avtomashinasi yonib zararlangan. 

Yong‘inning taxminiy sababi yoqilg‘i tashish yuk avtomashinasidan yoqilg‘ini yoqilg‘i sig‘imiga to‘kish vaqtida, texnik reglament talablarini buzilishi. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Top