22:16 / 02.07.2019
11134

Jahon bozorida neft narxi keskin tushib ketdi

Foto: CC0 / ARMBRUSTERBIZ

WTI rusumidagi neftning bir barrelining avgust fyucherslari narxi 3,76%ga, 56,87 dollargacha, Brent rusumidagi neftning bir barrelining sentabr fyucherslari narxi 3,24%ga, 62,95 dollargacha tushgan.  

Neft narxlari OPeK+ mamlakatlarining neft qazib olish hajmini 2020 yil marti oxirigacha qisqartirish haqidagi kelishuvni uzaytirishga qaror qilganiga qaramasdan tushib bormoqda.  

OPeK va unga kirmaydigan qator mamlakatlar (OPeK+) o‘rtasidagi neft qazib olish hajmini qisqartirish to‘g‘risidagi kelishuv 2017 yildan beri amal qilib keladi.  

Mavzuga oid
Top