18:05 / 04.07.2019
14437
Reklama

BEKO konditsioneri bahavo yoz faslini ta'minlaydi

Foto: Beko

Yirik maishiy texnika sohasida 60 yillik tajribaga ega bo‘lgan holda biz uy xo‘jaligi texnikasi uchun mukammal brend bo‘lib qolishga intilganimiz sari olg‘a harakatlanamiz. 
Beko kompaniyasi sifatida biz o‘z sayohatimizni yarim asr avval oddiygina, biroq inqilobiy g‘oyadan, ya'ni innovatsiyalarni baayni innovatsiyalarning o‘zi uchungina emas, balki borliqning muammolarini hal qilish hamda iste'molchilar kundalik turmushidagi qulayliklarni yanada orttirish uchun rivojlantirishdan boshlaganmiz. 

O‘sha paytlardan boshlab biz butun dunyo bo‘ylab 140 dan ortiq mamlakatda o‘z ofislarimizni ochdik va alohida qad ko‘tarib turadigan maishiy texnikaning Yevropadagi eng yirik brendiga aylandik hamda insonlarning kundalik hayotini bir oz bo‘lsa-da jo‘nroq qilishga ko‘maklashadigan intellektual yechimlarni olib kirdik. 

Mana endi biz yangi miqyosga ko‘tarilmoqdamiz, hamda mazkur muvaffaqiyatli yaqinlashuvni yanada kengroq mahsulot assortimentiga ko‘chirmoqdamiz, bunda Beko’ni yirik maishiy texnika brendidan uy xo‘jaligi uchun texnikaning mukammal brendiga aylantirish uchun olg‘a surmoqdamiz. 

Mazkur yildan boshlab, Home Freestylers uchun har bir uyga ideal harorat va sharoit olib kiramiz. Biz sport chempionlari uy sharoitida o‘zlarining qahramonona missiyalarini bajarishayotgani davomida ular uchun ko‘makchi bo‘lib xizmat qilamiz. 

Foto: Beko

ZoneFollow™

Mobodo Siz, bir joyda soatlab o‘taveradigan, erinchoq televizion ishqiboz bo‘lmasangiz, uyingiz ichra ko‘p harakatlansangiz kerak: demak, Siz uchun har doim nimadir qilish, nimanidir sozlash yoki qandaydir o‘yinni ermak qilish imkoniyati har doim mavjud. 

Baxtingizga, ZoneFollow™, texnologiyasiga ega Beko konditsionerlari uzoqdan turib boshqarish pulti (UTBP) atrofidagi havo haroratini aniqlaydilar va mutanosib tarzda havo oqimlarini tartibga solib yo‘naltirib, uning atrofida ideal mikroiqlimni yaratadilar. 

Shundoq ekan, pultni doim yoningizda tutib yuring hamda aynan qayerda bo‘lsangiz, xuddi shu joyda ideal haroratni qabul qiling. Shu o‘rinda o‘tirgan, tik turgan yoki xona bo‘ylab u yoqdan bu yoqqa doim harakatlanib yurganingizdan qat'i nazar bu amal qilaveradi. 

Foto: Beko

SelfClean+

Sizning uy yumushlaringiz hech qachon tugamaydi. Erta nahordan toki quyosh botgunigacha har doim biror narsa bo‘lib turadi. Tushunarliki, Sizga shunday yechimlar kerakki, bunda ular har kunlik barcha sho‘x mashg‘ulotlar uchun sog‘lom shart-sharoitlar yaratish imkonini bersin. 

Beko SelfClean+ texnologiyasi Sizga bunday yechimni taqdim etadi. Ichki blok ichra joylashgan tirqish teshigining super-qovurg‘asi Sizning konditsioneringizga vujudga kelayotgan kondensatni hamda issiqlik alishtirgich apparatdan ovlab olingan hamma changni drenaj tizimiga chiqarib tashlashga ko‘maklashadi. 

Shunday qilib, konditsionerning benuqson tashqi ko‘rinishi ham, uyingiz xonalari ichidagi havoning sifati ham saqlanib qoladi. Konditsioneringizni o‘chirib qo‘ygan taqdiringizda ham, u o‘z ishini davom ettirib, kondensatorlarning sirti butkul qurishi haqida qayg‘urib, ularni zang bosib qolishining oldini oladi. 

So‘ngra konditsioner avtomatik tarzda to‘xtaydi. Himoyalovning eng yuqori darajasi 24/7.

Foto: Beko

 Jet Heat & Jet Cool

Jet Cool

O‘zingizni uyda badantarbiya bilan shug‘ullanishga ishontirish ancha mushkul. Shu tufayli, Siz mashg‘ulotlarga kirisha turib, o‘z badaningizni qizdira boshlaganingizda, Siz uchun xona ichidagi haroratni tezkorlik bilan pasaytirish zarurati paydo bo‘ladi, chunki aks holda shahdi-shijoatdan qaytib, yana tepsa-tebranmas holatga tushib, o‘tirib olishingiz mumkin. Baxtingizga, konditsioneringizning uzoqdan turib boshqaruv pultidagi Jet Cool

funksiyasi yanada baquvvatroq havo oqimini uzatishni ta'minlab, xonadagi haroratni haqiqatdan ham tezkorlik bilan – bir necha daqiqada 5°C ga pasaytirish imkonini beradi. Mana, endi Sizning kamharakatchan ekanligingizni oqlash uchun hech qanday vaj-korson yo‘q. 

Jet Heat

Erta tongda derazani ochib, xonaga nahorgi musaffo havoni kiritish shunchalar mazaliki. Biroq qish faslida Siz ularni yana tambalab yopgan davringizda,ehtimol Sizda kurtka kiyib olishga ehtiyoj bordir. Ammo hech ham bezovtalanmang.Konditsioneringizdagi Jet Heat

funksiyasi yanada baquvvatroq havo oqimini tezkorlik bilan yo‘naltirish evaziga uyingiz ichidagi issiqlik darajasini bir zumda orttiradi. Mana endi musaffo havo bilan ko‘nglingizga siqqanicha huzur qilib nafas olishingiz mumkin. 

Foto: Beko
Foto: Beko

Internet ijtimoiy sahifalarida yanada ko‘proq yangiliklarga ega bo‘ling. 

Facebook: fb.com/ BekoUzbekistan

Telegram: t.me/BekoUzbekistan

Instagram: instagram.com/bekouzbekistan/

Ma'lumotlar uchun telefon raqami: (+99871) 207-03-07

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top