15:27 / 04.07.2019
35873

Saratonni davolash bo‘yicha koreyalik mutaxassis maslahatlari

Ko‘krak bezi saratoni – ko‘krakda hosil bo‘luvchi epitelial o‘simta hisoblanadi. U ayollar orasida eng keng tarqalgan onkologik kasallik turidir. Ko‘krak bezi saratoni bilan kasallanish xavfi juda yuqori bo‘lib, statistik ma'lumotlarga ko‘ra ko‘krak bezi saratoni bilan har sakkizinchi ayol og‘riydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bergan ma'lumotlarga ko‘ra, har yili 800 mingdan 1 milliongacha ko‘krak bezi saratoni bilan og‘rigan bemorlar qayd etiladi.

Foto: Himedi.com

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma'lumotga ko‘ra, respublikada eng keng tarqalgan saraton turi bu – ko‘krak bezi saratonidir. Vazirlik bergan ma'lumotga qaraganda, O‘zbekistonda ko‘krak bezi saratoni har 100 ming kishidan 9,1 nafariga to‘g‘ri keladi.

Ushbu kasallikni erta aniqlash, rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik va davolash maqsadida Himedi.com konsultatsiya markazi tomonida ushbu soha bo‘yicha Koreyadan St.Mary’s shifoxonasi mutaxassisi Taekyung Yu Toshkentga taklif qilindi. Shifokor Yu xonim «O‘zbekiston» telekanalining «O‘zingni angla» ko‘rsatuvida ham ishtirok etib, ko‘krak bezi saratoni haqida ma'lumot berib o‘tdi.

Quyida siz ko‘rsatuvning ushbu sonini takroran ko‘rishingiz mumkin:

Shuningdek, koreyalik mutaxascis Himedi.com konsultatsiya markazida ham bo‘lib, u yerda ko‘krak bezi saratoni muolajasi bo‘yicha xayriya konsultatsiyasini o‘tadi.

Foto: Himedi.com

Profesorning so‘zlariga ko‘ra, ko‘krak bezi saratoni, afsuski, aksariyat hollarda kech aniqlanadi, chunki uning belgilariga yetarlicha ahamiyat berilmaydi, aynan shunisi bilan ham u xavflidir va quyidagilar kasallikning eng ko‘p tarqalgan belgilari xisoblanadi:

1. Ajralmalar. Ko‘krak uchida og‘riqlar bo‘lishi, undan ajralmalar chiqishi (ko‘krak sutidan tashqari) ko‘krak bezi saratonining belgilari bo‘lishi mumkin.

2. Teri tarkibining o‘zgarishi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, saratonning bu turiga yo‘liqqan ayollarning ko‘krak sohasidagi terisi apelsin po‘stlog‘iga o‘xshab ketadi.

3. O‘lcham. Ko‘krak o‘lchamlarining sezilarli darajada o‘zgarishi ham kasallikning muhim belgilaridan hisoblanadi.

4. Ko‘krak uchi sohasi cho‘kishi.

5. Doimiy og‘riq. Og‘riqni qoldiruvchi va antibiotik dori vositalari ta'sir qilmasligi holatlari ham kasallikning belgisi bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, professor kasallikning sabablari va xavf omillari haqida ham aytib o‘tdi, bular:

- Jinsiy yaqinlikning muntazam emasligi;

- 35-40 yoshdan keyin farzand ko‘rish;

- Tug‘ruqning mavjud emasligi;

- Bolani ko‘krak suti bilan emizishni xohlamaslik;

- Abortlar;

- Ortiqcha vazn, doimiy stresslar, chekish;

- Ko‘krakka UB- nurlari ta'siri.

Bu omillar ayolning albatta ko‘krak bezi saratoniga chalinishiini anglatmaydi, lekin xavf ham albatta mavjud.

Yu xonim kasallikni erta bosqichda aniqlash uni muvaffaqiyatli davolashda muhim rol o‘ynashini ta'kidladi. Bunda ko‘krak bezi saratoni 5 bosqichda bo‘lishini va quyidagichaligini keltirib o‘tdi.

0-bosqich. Anormal hujayralar ko‘krak to‘qimasida mavjud bo‘lib ushbu holat onkologik kasallik sifatida ko‘rilmaydi, ammo kasallik rivojlanishining xavfi mavjud.

1-bosqich. Bezda 2 sm-dan oshmaydigan kichik shish hosil bo‘lishi. Metastazalar bo‘lmaydi.

2-bosqich. O‘simta hajmi 5 sm gacha kattalashadi, qo‘ltiq osti limfa tugunlarida metastazalar paydo bo‘lishi mumkin. Ko‘krak bezidan suyuqlik ajralishi yoki ko‘krakning teri tarkibi o‘zgarishidan ham kasallikni sezish mumkin.

3-bosqich. O‘simta hajmi har qanday o‘lchamda bo‘lishi mumkin. U ko‘krak terisiga o‘sib chiqadi va qo‘ltiq ostiga hamda ko‘krak qafasiga metastaza beradi.

4-bosqich. O‘simta alohida organlar va to‘qimalarga metastaza beradi. Ushbu bemorlarning yashash darajasi juda kam bo‘lib, 15 foizni tashkil etadi.

 

Professorning so‘zlariga ko‘ra, 35 yoshdan o‘tgan ayollar yiliga bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari kifoya qiladi.

Ultrato‘lqinli tekshiruv va mammografiya standart teshiruv usullariga kirishini ta'kidladi.

Shuningdek uktografiya, stereotaktik biopsiya, aspiratsion biopsiya, trukat-biopsiya kabi maxsus tekshiruv usullarini ham tavsiya etdi.

Koreyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy mammologiyada davolanishning samarali usullari bir nechta bo‘lib ular jarrohlik usuli, nurli terapiya va boshqalardan iborat.

1. Jarrohlik muolajasi ikki xil bo‘lishi mumkin – lampektomiya (ko‘krak bezini qisman olib tashlash) va mastektomiya (ko‘krak bezini to‘liq olib tashlash).

2. Nur bilan davolash – quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:

- operatsiyadan keyin ko‘krak bezi saratoni rivojlanishi profilaktikasi sifatida;

- olib tashlash imkoni bo‘lmagan o‘simtalarni simptomatik davolash uchun;

- joylashuvi uzoq bo‘lgan metastazalarni simptomatik davolashda, asoratlar (og‘riq, bosh miya va orqa miya siqishlari) bo‘lganda.

3. Kimyoterapiya muolajasi, gormonli va maqsadli muolajalar (Batafsil ma'lumot yuqoridagi videolavhada).

Koreyadagi St.Mary’s klinikasidan Ko‘krak bezi saratonini davolash bilan bog‘liq bo‘lgan batafsil ma'lumotni Toshkent shahridagi Himedi.com maslahat markazi orqali olishingiz mumkin.

Bundan tashqari, Himedi.com Maslahat markazi quyidagi kasallik turlari bo‘yicha ham o‘z konsultatsiyalarini taklif qiladi.

- Saraton va onkologik kasalliklar;

- Neyrojarrohlik;

- Kardiojarrohlik;

- Travmatologiya va ortopediya;

- Ekstra-korporal(sun'iy) urug‘lantirish (EKU);

- Plastik jarrohlik;

- Koreya xalq an'anaviy tibbiyoti;

- Umurtqa pog‘onasi, bo‘yin va bosh miya kasalliklari;

- Gepatologiya;

- Oftalmologiya;

- Lor;

- Endokrinologiya;

- Reabilitologiya.

Himedi.com maslahat markazi yuqorida sanab o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha ham Koreyaning Samsung Tibbiyot Markazi, Yonsei Severance Klinikasi, Jaseng klinikasi, Asan Tibbiyot Markazi, JK Plastik jarrohlik markazi kabi yetakchi klinikalari bilan hamkorlikda ishlaydi.

Koreyada davolanish bo‘yicha konsultatsiya olish uchun quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki rasmiy saytimizda berilgan havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin:

Telefon:  +82 1034830979

Onlayn murojaat: www.Himedi.com/uz/inquiry

Website: Himedi.com/uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top