14:00 / 07.07.2019
27200

Namanganda 70 mln dollarlik zamonaviy issiqxona tashkil qilinmoqda

Namangan viloyati Pop tumani Sang qishlog‘ida 100 gektar maydonga 70 mln dollarlik zamonavoy issiqxona barpo etilmoqda.

Issiqxona oyna bilan o‘ralgan bo‘lib, Gollandiya uslubida quriladi. 

2019 yilning IV-choragida ushbu issiqxonaning 10 gektari ishga tushiriladi, qolgan qismi 2022 yilning oxiriga qadar bitkazilishi rejalashtirilmoqda.

Issiqxona foydalanishga topshirilgach 2000 kishilik yangi ish o‘rinlari yaratiladi va aholining ish bilan bandligi ko‘rsatkichi sezilarli darajada o‘sadi. Yiliga 60-70 mln dollar hajmdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari chet davlatlarga eksport qilinadi.

Ushbu yirik loyiha Rossiya Federatsiyasida faoliyat olib borgan namanganlik tadbirkor tomonidan amalga oshirilmoqda.

Top