20:17 / 08.07.2019
10415

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rasmiy veb-sayti ishga tushdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rasmiy veb-sayti ishga tushdi.

Eslatib o‘tamiz, Agentlik shu yilning fevralida prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Qarorga muvofiq, Agentlik axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi hamda ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi. 

Agentlikka Prezident tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.

Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlariga ko‘ra Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

Top