18:50 / 08.07.2019
9252

DBQ: Qonunbuzarlarning nayrangi fosh etildi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurash boshqarmasi tomonidan “Yangiyo‘l” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida mas'uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga xorijdan keltirilgan mato tovarlari ko‘zdan kechirildi.

Natijada, yurtimizga olib kelingan ushbu mato tovarlarining tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklatura kodlari o‘rniga bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tish maqsadida hujjatlarda boshqa mato kodlari qayd etilganligi aniqlandi.

Ayni paytda umumiy qiymati 503,4 million so‘mlik tovarlar ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olindi va holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Top