16:23 / 08.07.2019
24173

O‘zbekistonda SMS-xabarnoma xizmati narxi oshmoqda

O‘zbekistonda “SMS-xabarnoma” xizmatiga belgilangan to‘lov narxi oshmoqda. Bu haqda Uzcard saytida xabar berilgan.

Qayd etilishicha, mobil operatorlar 2019 yil 15 iyuldan “SMS-xabarnoma” xizmati tomonidan 5800 qisqa raqamdan yetkaziluvchi (MChJ Play Mobile) har bir kirish xabarnoma narxi 84,20 so‘mni tashkil etishini e'lon qiladi.

Ma'lumot uchun: “SMS-xabarnoma” xizmatida plastik karta egasining mobil telefoniga SMS-xabarnoma orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalarga tegishli ma'lumot yuboriladi.

Mavzuga oid
Top