22:54 / 09.07.2019
6390

Argentinaning sobiq prezidenti Fernando de la Rua hayotdan ko‘z yumdi

Argentinaning sobiq prezidenti Fernando de la Rua 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda 9 iyulda mamlakatning amaldagi prezidenti Maurisio Makri tvitterda ma'lum qildi.

“Sobiq prezident Fernando de la Rua vafotidan qayg‘udaman. Uning demokratik siyosatchi sifatidagi yo‘li barcha argentinaliklarning tahsiniga loyiq. Biz ushbu onlarda uning oilasi bilan birgamiz”, deb yozgan Makri.

Fernando de la Rua Argentina prezidenti lavozimini 1999 yildan 2001 yilgacha egallagan. U ushbu lavozimni mamlakatda iqtisodiy inqiroz keskinlashgani ortida boshlangan ommaviy tartibsizliklar sababli muddatdan avval tark etgan.

Iyul boshida sobiq prezident Buenos-Ayresdagi shifoxonalardan biriga yurak va buyrak yetishmovchiligi bilan yotqizilgani ma'lum qilingan.

Mavzuga oid
Top