08:19 / 09.07.2019
10118

Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabiga o‘qishga qabul qilishda qator talablar bekor qilindi

Foto: cgc.uz

Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi biznes va boshqaruv respublika oliy maktabiga o‘qishga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, Oliy maktabda ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish kunduzgi shaklda, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda esa sirtqi, kechki shakllarda, shuningdek masofaviy amalga oshiriladi.

Oliy maktab magistraturasida mutaxassislar ishlab chiqarish (kamida 1 yil) va ilmiy-pedagogik (kamida 2 yil) yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlanadi.

Ilgari “Loyiha boshqaruvi” bo‘yicha 1 yillik, “Biznes boshqaruvi” bo‘yicha 2 yillik magistraturada o‘qitish amalga oshirilgan.

Magistraturaga kirish yozma imtihon va test sinovlari shaklida amalga oshiriladi. Ilgari test va suhbat shaklida amalga oshirilgan.

Nomzodlarning ish stajiga ega bo‘lishiga oid talab bekor qilindi.

Ilgari ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi ta'limga uch yildan kam bo‘lmagan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta'limga besh yildan kam bo‘lmagan stajga ega fuqarolar qabul qilingan.

Mavzuga oid
Top