13:00 / 10.07.2019
8828
Reklama

Bankingizning xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashni istaysizmi? Bu haqda gapiring!

«Credo Max Estimation» konsalting kompaniyasi Toshkent shahrida bank sohasidagi xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha obektiv ma'lumotlarni olish uchun tadqiqot o‘tkazmoqda. Tadqiqot banklarning asosiy filiallari mijozlari orasida «O‘z bankingga yaxshiroq bo‘lishga yordam ber» so‘rovnomasi ko‘rinishida ishlab chiqilgan bo‘lib, aksiya yakunida ishtirokchilar uchun sovg‘alar taqdim etiladi.

So‘rovnomaning 2-haftasi natijalari va olingan minglab anketalarni qayta ishlash natijalariga ko‘ra Toshkent banklarining asosiy oraliq ko‘rsatkichlari aniqlandi.

Tadqiqotning 14-kunini birinchi kuni bilan solishtirganda, mijozlarning banklarga bo‘lgan NPS-xayrixohligi ko‘rsatkichi 43 dan 35 gacha pasaydi. Ehtimol, bu pasayish banklarning turli filiallari, xususan, ustav fondida davlat ulushlari ko‘p bo‘lgan banklarda mijozlar sonining ko‘payishi, shuningdek, ushbu tadqiqotning maqsadi bankning reytingi emas, balki xizmati sifati monitoringi va respondentning baholashi qanchalik aniq va batafsil bo‘lsa, so‘rov natijalari shunchalik aniq va foydali bo‘lishini tushunayotgan respondentlar sonining ortib borayotganligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

14-kun natijalariga ko‘ra, so‘rovda qatnashishning asosiy sababi «Bankda xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash istagi» bo‘lib, bu 54,1% ni tashkil etdi. Kimningdir tavsiyasi bilan ishtirok etish sababi 12,3% ga oshdi va 21,1% ni tashkil etib, uchinchi o‘ringa tushdi. Sovrinni qo‘lga kiritish istagi ikkinchi o‘rinni egallaydi va 21,5% ni tashkil etadi.

So‘rov ishtirokchilari eng ko‘p o‘z banklarining «IT-xizmatlarini kengaytirish»ini istashadi – bu istak ishtirokchilar javobining 16,5% ini tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha asosiy izoh: «turli xil ilovalarni joriy etish orqali mijoz bilan 100% masofadan turib ishlash imkonini yaratish» hisoblanadi. Xizmat ko‘rsatish tezligini oshirish istagi 2-o‘rinni egallaydi va 15,3% ni tashkil etadi. Bu masala bo‘yicha xarakterli izohlar shunday: «kassirning o‘z joyida bo‘lmasligi, xizmat ko‘rsatuvchi xodimning o‘z ishini yaxshi bilmasligi, xodimlar ishlarida muvofiqlik yo‘qligi, xodimlarning ishga 15/30 daqiqa kech qolishi». Koll-markazning ishi bo‘yicha ko‘rsatkich 13,4% ni tashkil qiladi va ishtirokchilarning quyidagi izohlari bilan izohlanadi: «mijozlarni o‘z vaqtida xabardor qilmaslik, koll-markaz bilan bog‘lanib bo‘lmaslik, xodimlar o‘z banklarining xizmatlaridan xabardor emaslar». Plastik kartochkalarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash istagi 11,7% ni tashkil etadi, xarakterli izohlar: «bankomatlar sonining yetarli emasligi, bir bank kartasidan kartaga pul o‘tkazishda foiz olish, kartaga pul mablag‘larini o‘tkazishda kechikish, UZ va VISA kartalari o‘rtasida bank ichidagi va banklar o‘rtasidagi operatsiyalarda foizlarni kamaytirish».

Aksiya 2019 yil 15 iyulda yakunlanadi. Istalgan bankning mijozi Toshkent banklarining asosiy filiallari ko‘rsatilgan so‘rovnomani to‘ldirib, unda qatnashishi mumkin. So‘rov natijalariga ko‘ra, ishtirokchilar orasida tanlov asosida Samsung Galaxy S10 yoki iPhone X smartfonlari o‘ynaladi. G‘olibga so‘rovnomani to‘ldirishni tavsiya qilgan shaxs uchun ham sovrin bor. Shunga ko‘ra, aksiyada ishtirok etishni qancha ko‘p odamga tavsiya qilsa, tavsiya etuvchi sifatida sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyati shunchalik katta bo‘ladi.

Tadqiqotning sof va xolisligini ta'minlash uchun tadqiqot shartlariga rioya qilish shart.

O‘zbek tilidagi anketa: clck.ru/GpdRy

Rus tilidagi anketa: clck.ru/GaK9r

Aksiyaning shartlari, oraliq natijalar va boshqa ma'lumotlar: t.me/credomax/77 kanalida. Tadqiqot ishtirokchilari so‘rov tugaguniga qadar kanal obunachisi bo‘lishi zarur.

Top