09:55 / 10.07.2019
18868

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida muntazam avtobus yo‘nalishlari ochilishi mumkin

Anqara shahrida Xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha o‘zbek-turk qo‘shma komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Turkiyaning Transport va infratuzilma vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi vakillari ishtirokida davlatlar o‘rtasida xalqaro yuk tashish hajmini oshirish muhokama etilgan.

Bundan tashqari, bu yo‘nalishda o‘zaro ruxsatnomalar berish tartibini takomillashtirish, yuk tashuvlari bilan bog‘liq statistik ma'lumotlarni o‘zaro almashish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, davlatlar o‘rtasida muntazam avtobus yo‘nalishlarini ochish masalasi ham muhokama etilgan.

Top