Nigeriya milliy jamoasi Afrika millatlari kubogida Janubiy Afrika Respublikasi termasini yengib, yarim finalga chiqdi.
Qohiradagi bahsning 89-daqiqasiga qadar hisob 1:1 bo‘lib turdi, qo‘shimcha bo‘limlar kutilayotgan vaqtda himoyachi Uilyam Trost-Ekong tomonidan urilgan gol nigeriyaliklarni final ostonasiga olib keldi.
Bu bahsdan oldinroq Senegal Beninni 1:0 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga chiqqandi. Keyingi bosqichning yana ikki ishtirokchisi bugun oqshomda ma'lum bo‘ladi.
Afrika millatlari kubogi
Chorak final, 10 iyul
Nigeriya – JAR 2:1 (1:0)
Gollar: Chukvueze (27), Trost-Ekong (89) – Zungu (71)
Senegal – Benin 1:0 (0:0)
Gol: 1:0 – 69 Guyye.
11 iyul
21:00. Kot D’Ivuar – Jazoir (juftlik g‘olibining keyingi raqibi - Nigeriya)
23:59. Madagaskar – Tunis (juftlik g‘olibining keyingi raqibi - Senegal)