08:09 / 11.07.2019
27653

Go‘sht narxi 28 000 so‘mdan 55 000 so‘mgacha. Davstatqo‘m bozorlardagi narx-navo to‘g‘risida o‘z ma'lumotini e'lon qildi

Foto: Delfi

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi hududiy dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarning minimal-maksimal narxlari to‘g‘risida ma'lumot berdi (2019 yil 9 iyul holatiga 1 kg. so‘mda).

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) - 28 000 so‘mdan 48 000 so‘mgacha

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da 28 000 so‘m kuzatildi. Maksimal narxlar esa Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da 48000 so‘m kuzatildi. 

Qo‘y go‘shti - 32000 so‘mdan 55000 so‘mgacha

Qo‘y go‘shti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxlari Toshkent shahrining, «Farhod dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da 32000 so‘m kuzatildi. Maksimal narxlar ham Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori»larida 55 000 so‘mdan kuzatildi.

Kartoshka - 1000 so‘mdan 3500 so‘mgacha

Kartoshka mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxlari Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Navoiy shahrining «Saxovat bozori», Farg‘ona shahrining «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori»da 1000 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori» da 3500 so‘mdan kuzatildi. 

Piyoz - 500 so‘mdan 3500 so‘mgacha

Piyoz mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxlari Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da 500 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxlar esa Jizzax shahrining «Eski shahar dehqon bozori», Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», Termiz shahrining «Termiz shahar oziq-ovqat bozori», «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Yangiyo‘l shahrining «Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori»da 3500 so‘mdan kuzatildi. 

Sabzi - 1000 so‘mdan 3000 so‘mgacha

Sabzi mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxlari Navoiy shahrining «Saxovat bozori», Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Farg‘ona shahrining «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori»da 1000 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narx esa Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori», Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», «Temiryo‘l dehqon bozori», «Damariq dehqon bozori», Termiz shahrining «Termiz shahar oziq-ovqat bozori», «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da 3000 so‘mdan kuzatildi. 

Tuxum - 3 700 so‘mdan 9 000 so‘mgacha (10 dona)

Tuxum mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxlari Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori»da 3700 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narx esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da 9000 so‘m kuzatildi. 

Guruch - 5000 so‘mdan 18000 so‘mgacha

Guruch mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori»da 5000 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Andijon shahrining «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» da 18000 so‘mdan kuzatildi. 

O‘simlik yog‘i - 8 000 so‘mdan 12 500 so‘mgacha (1 l.) 

O‘simlik yog‘i mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da 8000 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narx esa Samarqand shahrining «Temiryo‘l dehqon bozori» hamda «Damariq dehqon bozori»da 12500 so‘mdan kuzatildi. 

Shakar - 4800 so‘mdan 5500 so‘mgacha

Shakar mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxlari Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», Farg‘ona shahrining «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori»da 4800 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narx esa Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori», «Eski shahar dehqon bozori», Qarshi shahrining «Qarshi dehqon oziq -ovqat bozori», Navoiy shahrining «Saxovat bozori», Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», «Temiryo‘l dehqon bozori», «Damariq dehqon bozori», Termiz shahrining «Termiz shahar oziq -ovqat bozori», «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Chirchiq shahrining «Chirchiq dehqon bozori», Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori»da 5500 so‘mdan kuzatildi. 

Bundan oldin, Toshkentda go‘sht narxi 60 000 so‘mga chiqqan, hokimlik arzonlashtirilgan narxdagi go‘sht 32 000 - 36 000 so‘mdan sotilayotganini eslatgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top