10:20 / 11.07.2019
12390

U-21 toifasida jahonning eng qimmat futbolchilari e'lon qilindi

Foto: Getty Images

«Soccerex» va «Prime Time Sport» kompaniyalari jahonning eng qimmatbaho yosh futbolchilari reytingini e'lon qildi. Reytingga 1998 va undan keyingi yillarda tug‘ilgan futbolchilar kiritilgan.

Tadqiqot xulosasiga ko‘ra, Kilian Mbappe – 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ichida eng qimmat o‘yinchi. Uning transfer qiymati 261,5 mln yevroga baholangan.

U-21 toifasida jahonning eng qimmat futbolchilari:
1. Kilian Mbappe («PSJ») – 261,5 mln yevro
2. Jyeydon Sancho («Borussiya» D) – 120,3
3. Matteys de Ligt («Ayaks») – 74,5
4. Kay Xaverts («Bayyer») – 74,2
5. Trent Aleksander-Arnold («Liverpul») – 73,6
6. Joau Feliks («Atletiko») – 71,8
7. Janluiji Donnarumma («Milan») – 67,9
8. Vinisius Junior («Real») – 60,2
9. Kristian Pulishich («Chelsi») – 57,2
10. Eder Militao («Real») – 54,6
11. Nikolo Dzanolo («Roma») – 45,3
12. Matteo Genduzi («Arsenal») – 42,8
13. Hussam Auar («Lion») – 41,6
14. Fil Foden («Manchester Siti») – 40,8
15. Deklan Rays («Vest Hem») – 39
16. Ibrahima Konate («RB Leypsig») – 36,3
17. Rodrigo («Real») – 35,3
18. Rayan Sessegnon («Fulhem») – 33,8
19. Samuel Chukveze («Vilyarreal») – 32,3
20. Kallum Hadson-Odoi («Chelsi») – 31,7

Reytingdan 6 nafar angliyalik, 4 nafar fransiyalik va 3 nafar braziliyalik futbolchi joy olgan; Ispaniya vakillari esa yo‘q. Shuningdek, ro‘yxatga kirgan 6 futbolchi ingliz klublarida, 4 o‘yinchi nemis jamoalarida o‘ynaydi.

20 futbolchidan 4 nafari 2019 yilda klubini o‘zgartirdi. Ushbu 4 transferdan 3tasi mazkur tadqiqot belgilagan narxdan uzog‘i 5 mln yevro farq bilan amalga oshgan. Birgina istisno – Joau Felish. U o‘tgan hafta «Benfika»dan «Atletiko»ga 126 mln yevro evaziga o‘tgan, «Soccerex» esa transfer tasdiqlanishidan uch kun oldin uni 71,8 mln yevroga baholagandi.

Mavzuga oid
Top