12:14 / 12.07.2019
10454

Andijonda tirkama ulagichi sinishi sabab piyoda halok bo‘ldi

Joriy yilning 9 iyul kuni soat 17.30larda fuqaro 24 yoshli K.M. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtomashinasini Andijon viloyatining Shahrixon tumani Qum mahallasi hududida haydab ketayotgan vaqtida yuk avtomashinasi tirkamasining o‘ng old tomon g‘ildiragi yorilib tirkama ulagichi sinib ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u yo‘l chetida turgan Shahrixon tumanida yashagan 51 yoshli piyoda G.X.ni urib yuborgan.

Natijada G.X. olgan tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top