21:00 / 12.07.2019
19338

Finlyandiya 140 o‘zbekistonlikni deportatsiya qilishga qaror qildi

Foto: Karoliina Simoinen / Yle

Finlyandiya migratsiya xizmati mamlakatdan O‘zbekistonning 140 fuqarosini chiqarib yuborish haqida qaror qabul qildi. Finlyandiyaning Yle telekompaniyasi xabar berishicha, bunga o‘zbekistonliklar Yevropada ishga joylashishda qo‘llagan qurilish texnikumining soxta diplomlari sabab bo‘ldi. Ta'kidlanishicha, qurilish texnikumi sobiq ittifoq davridayoq yopilib ketgan bo‘lgan.

Telekompaniyaning ta'kidlashicha, o‘zbekistonliklarning deportatsiya qilinishi Finlyandiya janubidagi Uusimaa regionida yangi uy-joylar qurilishini qiyinlashtirishi mumkin. Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2018 yilda Finlyandiyada O‘zbekistonning 800ga yaqin fuqarosi bo‘lgan, ulardan aksariyati qurilish sohasida ishlagan.

Top