23:16 / 13.07.2019
6571

Makron kosmik qo‘mondonlik tashkil etilishini e'lon qildi

Foto: RIA Novosti

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron harbiy-havo kuchlari doirasida kosmik qo‘mondonlik tashkil etilishini e'lon qildi.

"Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘mondonlik sentabr oyida tashkil etiladi.

2018 yil sentyabrda Fransiya mudofaa vaziri Florans Parli harbiy-kosmik sohaga investitsiyalarni oshirish kerak deb hisoblashini aytgandi.

O‘tgan yil dekabrda AQSh prezidenti Donald Tramp ham kosmik qo‘shinlar qo‘mondonligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzolashi xabar qilingandi.

Top